«davlat organlari» tegli maqolalar


Davlat xizmatchilarining deyarli 60 foizi ish vaqtidan tashqari ishlashga jalb qilinadi — so‘rovnoma
8 avgust 2023, 11:58

Davlat xizmatchilarining deyarli 60 foizi ish vaqtidan tashqari ishlashga jalb qilinadi — so‘rovnoma

O‘zbekistonning 560 nafar davlat xizmatchisi (shu jumladan rahbarlari) o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, ularning 57,3 foizi ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etilgan. 81,7 foizi buning uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaganini aytgan.

Davlat organlari rahbarlari AKT bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi
22 may 2023, 12:04

Davlat organlari rahbarlari AKT bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi

Hukumat qarori bilan davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlari 3 yilda bir marta malaka oshiradi. Qolaversa, birinchi rahbarlar ham soha bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi. Jarayon bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlar hisobidan qoplanadi.

Davlat organ va tashkilotlari rahbarlari har oy mahallalarda hisobot beradi
11 aprel 2023, 11:06

Davlat organ va tashkilotlari rahbarlari har oy mahallalarda hisobot beradi

Har oy mahalla kengashida davlat organ va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati yuzasidan axborotlari eshitiladi. Qolaversa, “Mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy qilinadi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi avgustga qadar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda vazirlik va davlat tashkilotlarining ochiqlik indeksi e’lon qilindi
29 mart 2023, 20:30

O‘zbekistonda vazirlik va davlat tashkilotlarining ochiqlik indeksi e’lon qilindi

Antikorrupsiya agentligi 2022 yil uchun davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksini e’lon qildi. Unda birinchi uchtalikni Statistika agentligi, Bojxona qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi egallagan bo‘lsa, so‘nggi o‘rinlarni «Qishloqqurilish invest», «Yo‘lqurilish» va MTRK band qildi.

O‘zbekistonda 12 ta davlat boshqaruvi organlari faoliyati tugatiladi
24 dekabr 2022, 11:44

O‘zbekistonda 12 ta davlat boshqaruvi organlari faoliyati tugatiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 12 ta davlat boshqaruvi organlari faoliyati tugatiladi, 24 tasining tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgaradi.

Davlat organlariga yil yakunigacha avtomobil, mebel va ofis anjomlari xarid qilish taqiqlandi
31 mart 2022, 18:56

Davlat organlariga yil yakunigacha avtomobil, mebel va ofis anjomlari xarid qilish taqiqlandi

Prezident budjet xarajatlarini 10 trln so‘mga qisqartirish zarurligini ta’kidladi. Shunga ko‘ra, yil yakuniga qadar barcha hokimlik, vazirlik va idoralarga bino ta’mirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish taqiqlandi. Qolaversa, ular moliyaviy manbasi aniq bo‘lmagan qurilishlarni boshlamasligi kerak.

2030-yilgacha vazirlik va idoralar xizmat mashinalarini elektromobilga almashtirish taklif etildi
25 mart 2022, 12:27

2030-yilgacha vazirlik va idoralar xizmat mashinalarini elektromobilga almashtirish taklif etildi

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, vazirlik, idora va barcha budjet tashkilotlari xizmat mashinalarining 2025-yilgacha kamida 10 foizi, 2030-yilgacha 100 foizi elektromobillarga almashtiriladi. Qolaversa, “tez yordam” mashinalari ham 2023−2026-yillarda elektrda harakatlanuvchi transportga o‘zgartiriladi.

Davlat organlaridan tadbirkorlarning qariyb 11,5 mlrd so‘m mablag‘lari sud orqali undirib berildi — biznes-ombudsman
14 mart 2022, 14:37

Davlat organlaridan tadbirkorlarning qariyb 11,5 mlrd so‘m mablag‘lari sud orqali undirib berildi — biznes-ombudsman

Biznes-ombudsmanning ma’lum qilishicha, tadbirkorlar o‘zlariga qonuniy asosda tegishli bo‘lgan mablag‘larni davlat organlaridan sud orqali undirishga majbur bo‘lmoqda. 2021 yilning o‘zida sudlar tomonidan davlat organlari hisobidan tadbirkorlarga qariyb 11,5 mlrd so‘mlik qarzdorlik va 2,2 mlrd so‘mlik davlat boji undirib berilgan.

Davlat organlari ochiqlashi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati
17 iyun 2021, 11:40

Davlat organlari ochiqlashi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati

Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari ochiqlashi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi. To‘liq ro‘yxat.

Davlat xizmatchilarining mehnatini yagona tizim asosida baholash rejalashtirilmoqda
5 aprel 2021, 12:41

Davlat xizmatchilarining mehnatini yagona tizim asosida baholash rejalashtirilmoqda

Moliya vazirligi mehnatga haq to‘lashning yagoni tizimini joriy etish bo‘yicha prezident qarori loyihasini ishlab chiqadi. Davlat organlari sonini administrativ islohotlar doirasida qisqartirish, qolaversa, hokimliklar tarkibi va boshqaruv kadrlari sonini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

Davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha qisqartiriladi
3 aprel 2021, 21:14

Davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha qisqartiriladi

Prezident qarori bilan davlat organlarida 5288 ta shtat qisqartiriladi. Shuningdek, vazirlik va idoralarning 40 nafar rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting